AS: "Real" mavsum tiklanishiga ishonmayapti. Zidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

  • 01.04.2020 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi koronavirus tufayli to‘xtatilgan mavsumni yakunlashning imkoni borligiga katta shubha qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” rahbariyati COVID-19 ga qarshi samarali davolash usuli topilmagunicha, futbolni qayta tiklab bo‘lmasligiga ishonmoqda. Ular yaqin orada jamoa mashg‘ulotlariga va hattoki o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishiga ham ruhsat berilishiga ishonmayapti.

Xabarlarga qaraganda, Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Er yuzida koronavirusga chalinganlar soni 900 mingga yaqinlashib qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!