Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev yarim finalda yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada jamoamiz ham ishtirok etyapti.
Hozirgina yana bir vakilimiz bizga beshinchi final yo‘llanmasini taqdim etdi.
To‘liq davom etgan bahsda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev 5:0 hisobida mo‘g‘ilistonlik Mishelt Battumur ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda Xumorabonu Mamajonova va turkiyalik Esra Yildiz to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar