Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning Parijdagi asosiy raqiblari yoxud yurtdoshimizda revansh olish imkoniyati bor!

  • 28 iyun, 2024, 11:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Parij Olimpiadasiga yo‘l olgan bokschilarimizning to‘rt yillikning eng muhim turniridagi asosiy raqobatchilari haqidagi ma’lumotlarni berishda davom etamiz. bu safar -71 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning ehtimoliy va asosiy raqiblari haqida so‘z yuritamiz...

Sevon Okazava - Yaponiya

- Yaponiyalik o‘zgacha bokschi... Okazava barchamizga yaxshi tanish u Belgradda -67 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Okazava Belgradda Asadxo‘jani mag‘lub qilgandi. Biroz yoqimsizroq boks ko‘rsatadigan Okazava bilan o‘shanda yurtdoshimiz yaxshi jang qilgandi. Lekin tan olish kerakki yapon bokschisi anchagina tezkor va ringni xis qilish qobiliyati juda kuchli sanaladi. Okazava yurtimizga ham tashrif buyurgan va o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassis Vladimir Shin qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotganligini ham aytib o‘tish joiz. Xanchjouda o‘tgan so‘ngi Osiyo o‘yinlarida u -71 kg vaznda chempion bo‘lganligi ham uning yuqori jismoniy holatda ekanligini ko‘rsatadi. Xullas, Asadxo‘janing ehtimoliy va asosiy raqiblaridan biri sanaladi. O‘ylaymizki, Asadxo‘ja munosib revansh oladi. 

Aslanbek Shimbergenov - Qozog‘iston

-
Ha, katta nom va ajoyib bokschi. Qozog‘istonliklar sardorining qanday mahoratga ega ekanligini o‘zbekistonlik muxlislar ham yaxshi bilishadi. Qo‘llari uzun, har ikki qo‘lda birdek zarba yo‘llay oladi. Zarbalari ham og‘ir. Shuningdek, uning yana bir ustun jihati u uzoq yillardan beri -69 va -71 kg vaznda ishtirok etib kelmoqda. Uning asosiy raqobatchilari esa -67 kgdan vazn ko‘tarishdi. Albatta, bu nisbiy tushuncha... Xullas, kuchli raqib. Asadxo‘ja bilan u ham jang qilgan va natijani yaxshi eslaysiz. 3-raundda Shimbergenov g‘alabani ilib ketgandi. Vaholanki, bungacha yurtdoshimiz yaxshi harakat qilgandi. Lekin tezlik borasida Asadxo‘ja undan ustunroq, texnika jihatdan ham yaxshiroq nazarimda. Ko‘ramiz, hamyurtimiz agar Parijda u bilan duch kelsa, mag‘lubiyat uchun munosib revansh oladi, degan umiddamiz! 


 

Omari Jons -AQSh

-
Omarini ham asosiy raqiblar sifatida ko‘rish mumkin. Yaxshi darajadagi bokschi sanaladi. 2021 yil -67 kg vaznda aynan Okazavaga imkoniyatni boy berib, jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Texnar bokschi, oyoqda ham ajoyib harakatlanadi. Asosiy zarbani o‘ng qo‘lda yo‘llaydi. Asosan 2-raqamda harakat qilishni xush ko‘radi. Qarshi hujumda foydali ish koeffitsienti ko‘proq. Bir so‘z bilan aytganda istalgan bokschiga boshog‘riq bo‘la oladi. 

Shubhasiz, bu shaxsiy fikrlar... Aslida kim turnirga yaxshi jismoniy holatda etib borsa, o‘sha eng xavfli raqib bo‘ladi. Biz esa Asadxo‘jaga omad tilaymiz!
 

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi
 



 


      
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!