Askren UFC ning eng yaxshi yarim o‘rta vazn toifasidagi jangchisini aytdi

  • 24.12.2023 07:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq Bellator va ONE chempioni Ben Askren o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan yarim o‘rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Leon Edvards(21-3-1 N/C) va Kolbi Kovington(17-3) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.

Nafaqadagi faxriyning so‘zlariga ko‘ra, britaniyalikning g‘alabasi u yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik unvoniga munosib ekanini ko‘rsatdi.

Men Kovingtonning strategiyasi nima bo‘lganini bilmayman. Menimcha, u uchun eng yaxshi reja o‘z kuchini to‘g‘ri sarf etgan holda teykdaunlardan foydalanib, parterga kirmasdan jangni nazorat qilish edi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, Kolbi o‘sha jangda Leoning zarbalaridan qo‘rqqanga o‘xshab harakat qilar va shunchaki masofani saqlar edi", – deya Askrendan iqtibos keltiradi Middle Easy.

Eslatib o‘tamiz, Edvards "UFC 296" ning asosiy bahsida Kovingtonni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!