Aspinall: "Uni UFC chempioni bo‘lishiga ishonaman"

  • 27 iyul, 2024, 13:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall o‘zi oldin murabbiylik qilgan Muhammad Mokaev haqida gapirdi.

 "Men bolalarga murabbiylik qilganman, Muhammad ham ulardan biri edi. Mokaevni 11-12 yoshidan beri bilaman.  Uning super engil vazn toifasida UFC chempioni bo‘lishiga ishonchim komil, - deya Aspinalldan iqtibos keltiradi Sportskeeda.

Eslatib o‘tamiz, Aspinall va Mokaev "UFC 304" musobaqasida ishtirok etadi: Tom(14-3) Kyortis Bleyds(18-4-1 N/C) bilan jang qilsa, Muhammad(12-0-1 N/C) Manel Kape(19-6)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!