"Atalanta" bir kishi kam bo‘lib "Latsio"ni Italiya kubogidan chiqarib yubordi (video)
Italiya kubogining chorak final bosqichida “Atalanta” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan bellashuv 3:2 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Atalanta” safida gollarni Berat Jimshiti (7'), Ruslan Malinovskiy (37') va Aleksey Miranchuk (57') kiritgan bo‘lsa, “Latsio”ning ikki goliga Vedat Muriki (17') hamda Franchesko Acherbi (34') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar