
ATF Championship ligasi rahbari Muzaffar Radjabov “ATF Championship 21” turniri qachon va qaerda bo‘lishini ma’lum qildi!
Yurtimizda ilk tashkil topgan MMA promousheni ATF Championship biroz tanaffusdan so‘ng, yana o‘z faoliyatini boshladi. Xabaringiz bor, ushbu liga 20 ta turnir o‘tkazib, biroz tanaffus qilgan edi. Yurtimiz yakkakurash olami yorqin namoyandasi, mazkur liga asoschisi va rahbari Muzaffar Radjabovning ma’lum qilishicha, “ATF Championship 21” turniri 16 iyun kuni Buxoro shahrida tashkil etiladigan bo‘ldi.
Bu gal ham yurtimizning iste’dodli vakillari bilan bir qatorda xorijlik yuqori saviyadagi sportchilar ushbu kechada jang qiladi. “ATF Championship 21” turniriga oid yangiliklar bilan sizni boxabar qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar