“Atletiko” Al’vares sotilmasligini ma’lum qildi

  • 30.05.2026 00:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona”ga atalgan postlari ortidagi sababni tushuntirib berdi. Shuningdek, klub hujumchi Xulian Alvaresni sotish niyati yo‘qligini ta’kidladi.

Avvalroq “matraschilar” Lamin Yamal, Pedri va Rafinya uchun transfer takliflarini e’lon qilib, ular evaziga Bad Bunny kontserti chiptalari, bir pachka pista va boshqa narsalarni taklif qilgan edi.

“Bu hazil yoki yumordek ko‘rinishi mumkin, ammo aslida masala juda jiddiy. Biz anchadan beri "Barselona"dan norozimiz. Bu postlar kataloniyaliklar nimalar bilan shug‘ullanaotganini ko‘rsatish uchun ironiya tarzida qilindi.

Fabrizio Romano xabarlari, "Barselona"ga yaqin jurnalistlarning yangiliklari, klubimiz prezidenti Enrique Sereso Barselonaga borganda unga Xulian Alvares bo‘yicha Laporta bilan muzokaralar haqida no‘rin savollar berilishi, shuningdek, futbolchilarimizga mikst-zonada shu mavzudagi savollar yo‘llanishi bizning g‘azabimizga tegdi.

Bizga taklif yuborilgani haqida xabarlar tarqalmoqda, ammo "Atletiko:ga hech qanday rasmiy taklif kelib tushmagan. Shuning uchun biz o‘z munosabatimizni shu tarzda bildirdik”,
— deyiladi klub bayonotida.

Shu bilan birga, “Atletiko” Alvaresning kelajagi bo‘yicha ham qat’iy pozitsiyasini bildirdi.

“Barcha narsa "Atletiko" qo‘lida. Alvaresning tovon puli 500 million evroni tashkil qiladi va uning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Biz undan juda mamnunmiz va kelasi mavsumda ham unga tayanamiz.

Xulianni bir necha yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan mablag‘ va bonuslar evaziga sotib olish mumkin emas. Agar kimdir uni transfer qilmoqchi bo‘lsa, 500 million evro tovon pulini to‘lashi kerak bo‘lad
i”, — deya qo‘shimcha qildi manba.

Klub vakillari, shuningdek, “Barselona”ning futbolchi bilan bog‘liq harakatlarini ham tanqid qildi.

“Agar "Barselona" hammasini to‘g‘ri yo‘l bilan qilganida, agentlar aralashmasdi. Klubni chetlab o‘tish orqali harakat qilish noto‘g‘ri yo‘ldir. Bu vaziyatdagi asosiy muammo — "Barselona"ning o‘zi”, — deyiladi bayonotda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!