"Atletiko" APLdan himoyachi olib kelishga yaqin turibdi

  • 31 yanvar, 2023, 20:02
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, "Tottenxem" himoyachisi Mett Doerti "Atletiko"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar 31 yoshli futbolchini ijaraga olish borasida kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Doerti 2020 yilning yozida "Vulverxempton"dan "Tottenxem"ga o‘tgan edi. Himoyachi joriy mavsum "shporlar" safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
"Transfermarkt" portali Irlandiya terma jamoasi futbolchisini 12 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!