
"Atletiko" futbolchisi yangi mavsumni "Manchester Yunayted"da boshlashi mumkin
“Atletiko” Madrid himoyachisi Kiran Tripper yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli angliyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” klubidan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. Mankunianliklar murabbiylar shtabi tarkibda Aaron Uan-Bissakaga munosib raqobatchi bo‘lishini xohlamoqda va bu borada aynan Tripper nomzodini ilgari surishmoqda.
Kiranning o‘zi ham APLga qaytmoqchi, garchi “Atletiko” u bilan shartnomani uzaytirish istagini bildirayotgan bo‘lsa ham.
Tripper “Atletiko” safiga 2019 yilning yozida “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum “matraschilar” safida 34 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar