"Атлетико" Xabi Alonsoning sobiq shogirdini oʻz safiga qoʻshib olmoqda

  • 24.06.2026 23:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bayer" himoyachisi Alehandro Grimaldo faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, "Atletiko" va "Bayer" transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

Manbaga ko‘ra, bitim qiymati bonuslar bilan birgalikda 20 million evrodan oshadi.

Shuningdek, Grimaldoning "Atletiko" bilan shaxsiy shartnoma shartlari ham o‘tgan hafta yoq kelishib olingan.

Endi tomonlar transferni rasmiy yakunlash uchun so‘nggi hujjatlar ustida ish olib bormoqda.

29 yoshli ispanialik himoyachi so‘nggi mavsumlarda "Bayer" safida barqaror o‘yini bilan ajralib turdi va jamoaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!