
"Atletiko"ga "Milan" futbolchisi kerak, ammo...
"Milan" klubi himoyachisi Alessio Romanoli faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Alessioni “Atletiko” Madrid o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq, u jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti, qolaversa, "Milan" ham asosiy futbolchilaridan birini qo‘yib yubormoqchi emas.
Romanoli “Milan” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar