
Azamat Allaniyozov: "Nasaf" bilan do‘stona xayrlashdim
Biroz avval "Nasaf" jamoasi hujumchisi Azamat Allaniyozovning "Qizilqum" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik. Bundan esa ko‘pchilik "Nasaf" muxlislari xayratga tushgani tabiiy, shu sababdan bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida futbolchining o‘zi bilan bog‘landik.
Men futboldagi o‘rnimni "Nasaf"da topdim, bu erda men uchun hammasi yaxshi edi. Ammo jarohatlar sabab o‘yinimda pasayish bo‘ldi. Oqibatda ko‘plab o‘yinlarda zahirada qoldim. Shu sababdan o‘zimni boshqa jamoada sinab ko‘rishga qaror qildim,- deya gap boshladi futbolchi.
"Nasaf" vakillari bilan do‘stona xayrlashdik, ular bilan yaqin a’loqalarimiz umrbod saqlanib qolishiga ishonaman. Qashqadaryoda o‘tgan har bir kunim hayotining eng baxtli kunlari qatorida bo‘ladi. Qarshidagi ba’zamizni sog‘inaman. Muxlislarni sog‘inaman...
Qashqadaryolik futbol muxlislariga og‘ir paytda ham biz bilan bo‘lib jamoamizni qo‘llab quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ularni hech qachon unutmayman.
Shu o‘rinda "Nasaf"dagi barcha jamoadoshlarimga, jamoamiz rahbariyatiga, Ro‘ziqul aka Berdievga, Shuxrat Toshpo‘latovga, Denis Ivankov, klubimiz shifokori Barat akaga, massajchisiga, bazamizdagi oshpazlarimiz - Jamshid aka va Nurbekka, matbuot kotibi Renat aka Ernazarovga va Sardor Nurovga, barcha barchaga raxmat aytaman, -deya fikriga yakun yasadi sobiq "ajdar".
Endi esa yangi jamoamda o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatib, "Qizilqum"ning muvaffaqiyatlariga o‘z xissamni qo‘shaman.
Fikrlar