Azar APLga yo‘l olishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Torgan Azar Germaniya Bundesligasini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. “Bild” nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining transferiga "Nyukasl" jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Klub o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni investorlarining qo‘liga o‘tdi. Yozgi transfer oynasi paytida “yangi boylar” ko‘plab futbolchilarni sotib olishi kutilmoqda. Belgiya terma jamoasi a’zosi “Nyukasl”ning “short-listi”dan o‘rin olgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Torganning transferi uchun "oq-qoralar" 15 million evro to‘lashga tayyor. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali belgiyalik xavbekning narxini 15 million evro etib belgilagan.

Torgan "Real" yarim himoyachisi Eden Azarning ukasi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 23 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!