Azar nega "Bavariya"ga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi
Londonning “Chelsi” klubi sobiq darvozaboni Robert Grin nega Eden Azar “Bavariya”ga o‘tmaganini aytdi.
“Eden ukasi Torgan ham Bundesligada to‘p surayotgani uchun ushbu transferni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra Torgan Eden Azarning ukasi sifatida emas, balki, Torgan Azar sifatida mashhur bo‘lishi kerak”, - deydi Grin.
Eslatib o‘tamiz, Eden Azar yozda “Chelsi”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Torgan Azar esa “Borussiya” Dortmundda to‘p surmoqda.

Fikrlar