
Azar: "Real"da o‘ynasang, barcha musobaqada g‘alaba qozonishing shart
Yozgi transferlar davrida “Chelsi”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan vinger Eden Azar yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Real”da to‘p sursang, barcha musobaqada g‘alaba qozonishga majbursan. Agar Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmasak, muxlislar bizni tushunishmaydi. Bu jamoadan hamisha g‘alaba kutishadi, shuning uchun ham men shu erdaman”, - deydi belgiyalik futbol yuulduzi.
Eslatib o‘tamiz, Azar “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar