
Aziz G‘aniev qaytdi!
Birlashgan Arab Amirliklari Pro Ligasi 25-tur doirasidagi "Hatta" - "Shabab Al-Ahli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Aziz G‘aniev "qizil ritsarlar" safida to‘p suradi. 26 yoshli yarim himoyachimiz so‘nggi 2 o‘yinda zaxirada qolgan edi. Kechagi uchrashuvda esa u ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.Bundan tashqari, G‘aniev jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan "Shabab" 25 o‘yindan so‘ng turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Bu mavsum chempionlik muddatidan avval hal bo‘lib ulgurdi. "Al-Vasl" 24-turda chempionlikni rasmiylashtirgandi.
Farhod Tulkunov.
Fikrlar