Aziz Ibragimov: "Kannavaroni murabbiy sifatida hali yaxshi bilmayman"

  • 8 oktabr, 19:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamizga italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kannavaroning bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabar bir zumda butun dunyoga tarqadi.

Tecno

Endi bosh jamoamizni jahon chempionatiga sobiq oltin to‘p sohibi tayyorlaydi. Ertaga esa vakillarimiz Toshkentda Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi va bu Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoamiz ustozi sifatidagi ilk norasmiy bellashuviga aylanadi.

Albatta, uning O‘zbekiston termasi ustoziga aylangani fonida turli fikrlar, munosabatlar bildirilishi tabiiy.

Bu borada terma jamoamizning sobiq futbolchisi Aziz Ibragimov Sports.uz sayti uchun Kannavaro masalasidagi savollarga javob qaytardi.

- Terma jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlanganiga munosabatingiz qanday bo‘ldi? 

- Zo‘r futbolchi bo‘lganu, murabbiylik tarafidan u qadar natija ko‘rsatganini eshitmaganman. Omadini bersin. O‘zbekiston terma jamoamizni hammamiz qo‘llab-quvvatlaymiz va hamisha muxlislik qilamiz. Kannavaroni kelgani xayrli bo‘lsin.

- Umuman olganda, Kannavaroga ishonasizmi?

- Aytyapman-ku, Kannavaroni hali murabbiy sifatida yaxshi bilmayman. Terma jamoamizga, yigitlarga ishonaman.

- Aslida terma jamoamiz boshqaruvida qanday o‘zgarishni kutgandingiz?

- Timur Kapadzeni qoladi, deb o‘ylagandim. Nimagaki, natijalarni ko‘rsata oldi. Olimpiya terma jamoamizni Olimpiadaga olib chiqa oldi. Srechko Katanetsdan keyin terma jamoamizni qabul qilib olib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda o‘z hissalarini qo‘shdi. Futbolchilarimizni, mentalitetimizni yaxshi biladigan mahalliy mutaxassis. Shu bois Kapadzeni bosh murabbiy bo‘lib qoladi, deb o‘ylagandim.

- Aziz aka, sizningcha, Kapadzeni albatta Kannavaroni shatbida bo‘lishi lozim deb hisoblaysizmi?

- Ha, albatta. Hozir ta’kidlaganimdek, mahalliy murabbiy futbolchilarimizni va mentalitetimizni yaxshi biladi. Kannavaroni yonida shunaqa mutaxassis bo‘lishi juda yaxshi bo‘ladi.

- Agar Kannavaro bilan uchrashganingizda unga nima degan bo‘lardingiz?

- Faqat O‘zbekiston terma jamoasi bilan omad tilayman. Mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etib, omad yor bo‘lishini aytgan bo‘lardim.

- Kannavaroga terma jamoamizni mundialga tayrlash uchun 8 oy etarli vaqt deb o‘ylaysizmi?

- Haddan tashqari etarli deb ayta olmaymanu, lekin terma jamoani 8 oyda tayyorlasa bo‘ladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!