Aziz Turg‘unboev: "Paxtakor" kuchli raqib, lekin..

  • 01.09.2020 13:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 5
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Navbahor" klubi matbuot xizmati bugun bo‘lib o‘tadigan "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan oldin jamoa yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboev bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

"Toshkentda bo‘lib o‘tgan markazlashgan chempionat bahslarida unchalik omadimiz kelmadi. Shu bois, bugungi uchrashuvda mazkur bahsni oynai jahon orqali kuzatadigan muxlislarimizning ishonchlarini oqlash, g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. To‘g‘ri, “Paxtakor” kuchli raqib. Lekin har qanday raqibni mag‘lubiyatga uchratsa bo‘ladi. Ta’kidlaganimdek, buni amalga oshirish uchun maydonda jon-jahdimiz bilan harakat qilamiz.

Jamoadoshim Igor Golban bilan birgalikda men ham milliy terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etildim. Bugungi o‘yinda zafar quchgan holda, bosh jamoamizning yig‘iniga yaxshi kayfiyatda yo‘l olmoqchimiz. Bugun muxlislarga bayram sovg‘asi sifatida g‘alabani tortiq etish niyatidamiz", - dedi mahoratli futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Pahtakor real
01/09/2020 23:51
Pahtakor kuch tejavatti boshqa narsalar safsata
ZAFAR 99705
01/09/2020 14:37
Birinchi davrada paxtakorga xakam yordam berdi navbaxorning o‘yinini vakam buzib qo‘ydi bu safar paxtakorga kim yordam beradi
Кахрамонжон Сафаров
01/09/2020 14:19
Навбахор шерчаларни судьсига кушиб ердан юлиб осмонга олиб чикиб ташлаб юборса менимча Водий халки хурсанд булар эди , халол уйин булса НАВБАХОР ютишига ишонаман
&
Fk navbahor
01/09/2020 14:15
Tilaklaring amalga oshishiga tilakdoshmiz
Umarjon G'oyifov
01/09/2020 14:07
Азизжон Қўқонни юта олмадинглару, энди қандай қилиб Пахтакорни ютишингларга ишонайлие. Битта сизни жон куйдиришингиз билан ютиб бўлмайдида. Бошқа жамоадошларингиз хам жонини берсинда.