
Azmun "Bayer" bilan shartnoma imzolagani uchun "Zenit" tomonidan jazoga tortiladi
“Zenit”ning eronlik hujumchisi Sardor Azmun klub rahbariyati va murabbiylar shtabini ogohlantirmay “Bayer” bilan shartnoma imzolashga borib, Sankt-Peterburg klubining tibbiy qoidalarini buzdi.
“Endi futbolchini yaxshigina jarima kutmoqda”, — dedi “Chempionat” manbasi.
Kecha “dorishunoslar” 2022 yilning yozida erkin agentga aylanadigan Azmun bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Azmunning «Zenit» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar