
Azmun qachon "Bayer" safida debyut qiladi? Bosh murabbiy bu savolga javob berdi
Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Xerardo Seoane eronlik hujumchi Sardor Azmunning jarohati haqida gapirdi.
"Sardor hanuz jarohatdan xavotirda, u davolanishi kerak. U qachon safga qaytishini aniq ayta olmayman. Azmun formaga kirishi uchun 3-4 hafta kerak", - dedi Seoane.
27 yoshli Azmun qishki transfer oynasida "Zenit"dan "Bayer"ga ko‘chib o‘tdi. Transfer summasi 4 million evroni tashkil qildi. Futbolchi nemis klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.
Fikrlar