
BAA chempionati. Legionerlarimizning harakatlari "Hor-Fakkan"ning g‘alabasini ta’minladi
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Hor-Fakkan" va "Baniyas" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Hor-Fakkan" safida harakat qilayotgan legionerlarimiz Abdulla Abdullaev va Aziz Amonov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Amonov birinchi golga assistentlik qildi va ikkinchi golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Azining goliga pasni Abddulaev berdi.
- Birlashgan Arab Amirliklari - BAA Ligasi
- Joriy Mavsum

Xorfakkan
- Lourency 3'
- A. Amonov 45'
Tugadi
2
:
1
21.04.2024 19:00

Bani Yas
- Rafael Pereira 15'
Fikrlar