
BAA. Otabek Shukurovning jamoasi yilni peshqadam sifatida yakunladi
Bugun BAA Pro ligasida 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Ajman"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtimiz odatdagidek 90 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi. Bugungi g‘alabadan so‘ng "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 29 taga etdi va jamoa yilni 1-o‘rinda yakunladi.
BAA chempionati. 12-tur
"Sharja" - "Ajman" 2:0.
Fikrlar