Bag‘dodda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

CHERY AUTO

Joriy yilning 12-14 may kunlari Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Sport vazirligi hamda Belbog‘li kurash federatsiyasining yillik-taqvimidagi mazkur O‘zbekiston chempionatida 342 nafar polvonlar ishtirok etdi.

Tecno

Ikki kun davom etgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, qo‘ydagi polvonlar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionlikni tanatana qilishdi. 


Erkaklar (Belbog‘li kurash yo‘nalishi)
Oltin medal: 
52 kg. Mirjalol Mirahmedov (Farg‘ona) 
57 kg. Nasibjon Tursunov (Andijon) 
62 kg. Asadbek Mamataliev (Namangan) 
68 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon) 
75 kg. Samandar Anvarov (Farg‘ona) 
82 kg. Ilhom Mashrapov (Andijon) 
90 kg. Husniddin Ro‘ziev (Andijon) 
100 kg. Nodirbek Ahatjonov (Andijon) 
+100 kg. A’zamjon Anvarjonov (Andijon) 
Ayollar (belbog‘li kurash erkin yo‘nalishi) 
Oltin medal: 
48 kg. Shahzoda Yigitalieva (Farg‘ona) 
52 kg. Farangiz Abdunabieva (Toshkent sh.) 
58 kg. Feruza Sobirova (Namangan) 
66 kg. Dilafro‘z Mamajonova (Namangan) 
70 kg. Sevara Sajenova (Qoraqalpog‘iston) 
76 kg. Gulkumar Jannazarova (Toshkent v.) 
+76 kg. Sabohat Sheralieva (Farg‘ona). 

Erkaklar 
(Belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi) 
Oltin medal: 
52 kg. Axror G‘ofurjonov (Namangan) 
57 kg. Hayot Kamoliddinov (Farg‘ona) 
62 kg. Abbos Ahmadjonov (Namangan) 
68 kg. Kamronmirzo Ismonaliev (Namangan) 
75 kg. Kamronbek Nomozboev (Toshkent v.) 
82 kg. Nusratbek Sultonboev (Andijon) 
90 kg. Husan Abduhakimov (Sirdaryo) 
100 kg. Sarvar Ikromov (Navoiy)
+100 kg. Davron Abdurahmonov (Farg‘ona). 

Bellashuvlar so‘nggida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!