
Bahodir Jalolov muddatidan oldin g‘alabaga erishdi. Texnik nokaut
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bir necha daqiqadan so‘ng + 92 kg vazn toifasida avstraliyalik Teremoana Teremoana bilan ringga ko‘tariladi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Bahodir Jalolov qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.
Jalolov birinchi raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda avstraliyalik bokschiga uch bor hisob ochildi. Natijada hakam jangni yakunladi. Shu tariqa, Bahodir Jalolov ikkinchi jangida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, texnik nokaut qayd etdi.
Fikrlar