
Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o‘tkazish uchun AQShga jo‘nab ketdi (foto)
Professional boksning og‘ir vazn toifasida janglar olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (12-0, 12KO) yana ringga qaytadi.
Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Jalolovga 26 avgust kuni Tulsa shahrida bo‘ladigan boks oqshomida Nigeriya vakili Onoriode Ehvarieme (20-2, 19KO) raqib bo‘ladi.
Jalolov mazkur jangni o‘tkazish uchun okean ortiga jo‘nab ketdi.
Fikrlar