Bahrayn-2025 qahramonlari taqdirlandi!
Joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn mezbonlik qilgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylariga davlat tomonidan ko‘zda tutilgan bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sport bo‘yicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.
Tantanali yopilish marosimida Osiyo yoshlar o‘yinlarining kelgusi mezboni sifatida topshirilgan Osiyo Olimpiya kengashi bayrog‘i MOQ binosiga o‘rnatildi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar