Bahrom Haydarov: "Bizda hech qaysi jamoaga nisbatan qo‘rquv yo‘q"

  • 2 fevral, 10:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Superliga-2025" yilgi mavsumiga qur’a tashlangach, "Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Haydarov klub matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qur’a tashlash marosimini ko‘rdim. Birinchi navbatda mavsumni uyda boshlashimiz yaxshi deb o‘ylayman. Birinchidan muxlislar derbi guvohi bo‘lishsa, ikkinchidan mavsumni uyda boshlash doim osonroq bo‘ladi. Raqib haqida keladigan bo‘lsak, har qanday jamoaga qarshi mavsum davomida baribir bahs olib boramiz.

"Andijon" o‘tgan mavsum O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi, yaxshi darajadagi jamoa. Biroq bizda hech qaysi jamoaga nisbatdan qo‘rquv yo‘q. Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tarkibimiz ancha shakllanmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!