Bahrom Haydarov: Hamma xato qiladi, hakam ham

  • 13 mart, 2020, 20:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (1:2) bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Nasaf” yaxshi futbolchilarga ega bo‘lgan jamoa. Raqib to‘pni yaxshi nazorat qilardi. Qarshi hujum borasida eng kuchli jamoalardan biri. Bellashuvni yaxshi boshlagan edik. So‘ng birinchi bo‘limda raqib ustunlikni qo‘lga oldi. Rikoshet vaziyatdan so‘ng yuzaga kelgan gol yigitlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga erishdik. Qarshi hujumdan so‘ng o‘tkazib yuborilgan gol bois yana bellashuvning borishi o‘zgardi. Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Chunki, goldan so‘ng qarshi hujumni o‘tkazib yubormasak yaxshi o‘yin ketayotgan edi.

“Surxon” jamoasida yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ular hali o‘z so‘zini aytishadi. Mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, kelgusi bellashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilish kerak.

Menda hakamning qarorlarini muhokama qilish huquqi yo‘q. Buni o‘rganib chiqadigan tashkilotlar bor. Lekin hakam ham xato qiladi, hamma xato qiladi. Futbolchi ham xato qiladi. Ammo biz har bir xatoga tayyor turishimiz lozim. Shuning uchun hakam xato qildi deyishdan foyda yo‘q. Muhimi biz – o‘zimizning xatolarimiz ustida ishlashimiz kerak”, – dedi Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!