
Barkli APLga qaytdi
O‘tgan mavsumni "Luton"da o‘tkazgan Ross Barkli "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqida APL klubi rasman e’lon qildi.
Ushbu transfer uchun birmingemliklar bonuslari bilan 6 million evro sarflashdi, lekin u bilan necha yillik shartnomaga qo‘l qo‘yilgani borasida ma’lumotlar yo‘q.
Barklining "Aston Villa"ga o‘tishida Unai Emeri katta ishni bajardi. Aynan ispaniyalik mutaxassis yarim himoyachini tarkibda ko‘rishni istadi va rahbariyatdan mazkur xaridni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Barkli faoliyati davomida "Lids", "Everton", "Chelsi", "Nitstsa" kabi jamoalarda to‘p tepishga ulgurgan.
Fikrlar