Barkolaning pasaytirilgan narxi ham "Liverpul"ga yoqmadi
«Pari Sen-Jermen» va «Liverpul» hali ham Bredli Barkola transferi bo‘yicha umumiy yechimga kela olmayapti. Parij klubi avval boshda yosh vinger uchun taxminan 169 million yevro so‘ragan, bu esa «Liverpul» rahbariyatini mutlaqo qoniqtirmagan.
Jurnalist Aleks Kruk tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ transfer narxini 149 million yevro atrofigacha tushirishga tayyor. Shunga qaramay, mersisaydliklar bu miqdorni ham ortiqcha deb hisoblamoqda va bunday summa to‘lash niyati yo‘q.
Ishonchli manbalarga ko‘ra, «Liverpul» fransuz futbolchisi uchun 100–110 million yevro atrofida taklif berishga tayyor.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra esa, 23 yoshli Barkolaning bozor qiymati hozircha 90 million yevroni tashkil qiladi.
Bredli Barkola «Pari Sen-Jermen» safida barcha musobaqalar doirasida 152 o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urgan va 37 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar