“Barsa” ashaddiy raqib – “Real”ning katta transferini barbod qiladi

  • 11 iyun, 2024, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappeni qo‘lga kiritgan “Real” kelasi yozda yana bir katta transfer bo‘yicha ish boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Madridliklar “Bayer”ni Bundesliga chempionligiga erishishida katta xizmat ko‘rsatgan Florian Virtsni olib kelmoqchi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati ashaddiy raqib bu transferni amalga oshirishiga halaqit qilmoqchi. 

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar ham anchadan beri Virtsni kuzatib kelyapti. “Barsa” sport direktori Deku Leverkuzen klubidagi hamkasbi  Saymon Rolfes bilan do‘stona munosabatga ega.

Kataloniyaliklar ana shu aloqalarga asoslangan holda 21 yoshli hujumkor futbolchini “Barselona”ga olib kelishga umid qilyapti.

Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Barsa”ga o‘z rejasini amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki leverkuzenliklar o‘z yulduzini 150 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!