“Barsa” bir futbolchidan qutildi

  • 26 avgust, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” moliyaviy jihatdan murakkab vaziyatda bo‘lgani uchun yangi ijrochilarini olishi va La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun tarkibidagi o‘yinchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Klublarga o‘z tarbiyalanuvchisilarini sotib sof foyda keltiradi. Ana shu ma’noda kataloniyaliklar ham shu yo‘lni tutishni ma’qul ko‘rmoqda.

“Barselona” o‘z tarbiyalanuvchsi Mikoil Fayeni Frantsi chempionati vakili “Renn”ga transfer qildi. Iste’dodli himoyachi frantsiyaliklarga 10,3 million evroga tushdi.

Bundan tashqari, Kataloniya superklubi futbolchining keyingi transferidan 30 foiz ulush oladi. Frantsiya klublari yosh iste’dod egalarining mahoratini oshirib, ularni katta summaga transfer qilishga usta hisoblanadi.

Shuningdek, “Barselona” 20 yoshli senegallik himoyachini 25 million evroga qayta sotib olish huquqini ham saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!