
"Barsa" hujumchisiga APLning 3 klubi qiziqmoqda
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Sport.es" nashri xabar tarqatmoqda.
Xabar berilishicha, "ko‘k-anorranglilar" futbolchisiga "Vest Xem", "Vest Bromvich Albion" hamda "Lids Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar uning transferidan 15 mln evro miqdorida foyda ko‘rishni rejalashtirgan.
29 yoshli hujumchi shu yilning 20 fevralida "blaugranas" safiga "Leganes"dan kelib qo‘shilgandi. Ortda qolgan vaqt mobaynida daniyalik futbolchi 15 o‘yinda ishtirok etib, 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan.
Fikrlar