“Barsa”: Ikki futbolchini 100 million evrodan arzonga ber!

  • 08.05.2026 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishga yaqin turgan “Barselona” yozgi transfer oynasi davrida “Chelsi”ning bir vaqtning o‘zida ikki futbolchisini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kataloniyaliklarning qiziqish doirasiga chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya va hujumchi Joao Pedro tushgan.

Transfer News Live va El Nacional manbasiga tayanib xabar berishicha, Kataloniya grandi rahbarlari ispaniyalik va braziliyalik futbolchilarni jami 100 mln evrodan kam mablag‘ evaziga sotib olish mumkin, deb hisoblamoqda.

Xans-Diter Flik jamoasida chap qanot himoyasi va hujum markazi chizig‘i eng muammoli pozitsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun klub ushbu nuqtalarni kuchaytirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

Transfermarkt portali 27 yoshli Kukurelya va 24 yoshli Pedroning bozor qiymatini mos ravishda 50 va 75 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!