“Barsa” katta transferdan voz kechdi

  • 11.02.2022 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” mutasaddilari bir necha klub da’vogarlik qilayotgan “Milan” yarim himoyachisi Frank Kessie uchun kurashdan chiqdi.

Kessie yozda erkin agentga aylanadi va uni bepul safga qo‘shib olish imkoni bor. Biroq, futbolchi talab qilayotgan maosh kataloniyaliklarga og‘irlik qiladi. Shu bois, ular tajribali yarim himoyachi xizmatidan voz kechdi.

Kessie joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va bitta gol pas muallifi bo‘ldi.

Afrikalik futbolchi 2015 yilda Italiyaga kelganidan beri “Atalanta”, “Chezena” va “Milan” klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!