
“Barsa” kutayotgan yulduz boshqa jamoa tanladi
Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan buyon Kataloniyaga o‘z hamyurti Jorjino Veynaldumni olib kelishni orzu qilmoqda.
Niderlandiyalik futbolchi mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi. U “Liverpul”ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi. Shunga qaramay, Jorjino terma jamoada o‘ziga ustozlik qilgan Kumanning oldiga bormaydigan bo‘ldi.
Veynaldum Italiya chempionatida ishtirok etishni istamoqda. Shu bois, 30 yoshli yarim himoyachi yangi yilgacha “Inter” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgani endi oshkor bo‘ldi.
Fikrlar