“Barsa” Levandovski o‘rniga uch nafar superforvard topdi

  • 01.06.2026 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski chempionlik mavsumi yakunlangandan keyin klubni tark etadi. 37 yoshli polshalik to‘purar o‘z qarorini allaqachon e’lon qilib ulgurgan.

Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, “Barselona” Levandovskiga o‘rinbosar sifatida yangi top-darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Ayni paytda asosiy nomzodlar sifatida Xulian Al’vares (“Atletiko”), Joao Pedro (“Chelsi”) va Harri Keyn (“Bavariya”) tanlandi.

Transfermarkt portali ekspertlari Al’vares, Pedro va Keynning qiymatini tegishlicha 90, 75 va 65 million yevroga baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!