“Barsa” mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan Arauxodan voz kechadigan bo‘ldi

  • 19.04.2024 17:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida PSJga yirik hisobda yutqazishiga Ronald Arauxoning qizil kartochka olgani ham asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Urugvaylik futbolchi jamoasi hisobda oldinda borayotgan pallada darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan raqib futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatdi va maydondan haydaldi.

70 daqiqadan ortiq bir o‘yinchi kam bo‘lib o‘ynagan mezbonlar to‘rtta gol o‘tkao‘ib yubordi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar yozda Ronal Arauxoni sotib yuborishga qaror qilgan.

Sport nashriga ko‘ra, “Barselona” iste’dodli himoyachisini 80 million evro taklif qiladigan jamoaga qo‘yib yuboradi.

25 yoshli Arauxoning o‘zi kataloniyaliklar bilan yangi bitim tuzmoqchi. Uning hozirgi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
19/04/2024 19:26
Каердан оласизлар шунака гапларин, Барса сотмайди Араухони