“Barsa” manchesterliklarning ishongan futbolchisini olib ketmoqchi

  • 13 iyun, 2024, 12:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” safida porlay boshlagan Kobbi Maynu faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Transfer News nashrining ma’lum qilishicha, yosh yarim himoyachiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kataloniyaliklar Maynu uchun manchesterliklarga Rafinyani va yana qo‘shimcha 8,5 million funt berishni taklif qilmoqda.

“Barselona”ni qabul qilib olgan Xans-Diter Flik 19 yoshli markaziy himoyachining iste’dodini yuqori baholyapti va uni jamoasida ko‘rmoqchi.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” rahbariyati yangi loyihani yosh o‘yinchilar atrofida qurishini ma’lum qilib, bir necha futbolchilar qatorida Maynu ham sotilmasligini bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!