
“Barsa” Messi bilan jahon chempioni bo‘lgan futbolchini oladi
“Barselona” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Kataloniya klubi skautlari bu pozitsiyaga “Vilyarreal” vakili Xuan Foytni olib kelishni tavsiya qilyapti. Aslida “Barselona” bu o‘yinchiga o‘tgan yozda ham qiziqish bildirgandi. Lekin o‘shanda vaziyat transferni amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan.
Jurnalist Gaston Edulning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar transferni muhokama qilish uchun 25 yoshli futbolchi agentlari bilan aloqa o‘rnatgan.
Xuan Foytning “Vilyarreal” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha imzolangan. Transfermarkt portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar