"Barsa" murabbiylar tarkibini ham tozalayapti

  • 13 iyun, 2024, 10:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

ESPN xabariga ko‘ra, Xans-Diter Flik tayinlanganidan so‘ng, bir nechta jismoniy holatga javob beradigan murabbiylar "Barselona”ni tark etishdi, jumladan Ivan Torres, Jaume Munill va Karles Noguera.

Tecno

"Barselona" rahbariyati Antonio Kontening sobiq murabbiylar shtabiga a’zo bo‘lgan Xulio Tus va "Sevilya" a’zosi Pepe Konde bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan. Kataloniyaliklar “Real Sosedad”dan Rafa Maldonadoni ham taklif qilishlari mumkin. Bundan tashqari, Flik o‘z murabbiylar shtabiga Markus Sorg, Toni Tapalovich va Xeyko Vestermanni taklif qiladi.

Oldinroq, kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta Flikning vazifalaridan biri futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ekanini aytgandi. Shuningdek, futbolchilar Xavi qo‘l ostidagi jismoniy holatdan norozi bo‘lib, yuklamani oshirishni so‘ragani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!