“Barsa” nishonidagi futbolchi PSJga o‘tishi mumkin

  • 18 avgust, 2022, 16:29
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar o‘z tarkibini yanada kuchaytirib olishi mumkin. “The Times” nashri xabariga ko‘ra, parijliklar “Manchester Siti”ning portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Frantsiya nashrlari xabariga ko‘ra, klub Silvaning transfer summasi borasida “shaharliklar” bilan kelisha olsa, bu xaridni amalga oshiradi. Liga 1 chempioni portugaliyalik yulduz uchun 70 million evro to‘lashga tayyor.

Avvalroq OAVda Bernardoning "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bugun matbuotda kataloniyaliklar futbolchini joriy mavsum o‘z safiga qo‘shib olmasigi aytildi.

28 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bernarduning narxi 80 millionni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!