“Barsa” orzusiga etolmayapti

  • 17 dekabr, 2021, 17:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” hujumni kuchaytirish maqsadida bir necha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyangdir. Kataloniyaliklar bu futbolchini avval ham o‘z safiga taklif qilgandi. Biroq gabonlik to‘purar “Arsenal” bilan katta maosh evaziga yangi bitim tuzgandi.

Ayni paytda Obameyangning murabbiylar shtabi bilan munosabati yaxshi emas. Tartibni buzgan futbolchi sardorlikdan mahrum qilindi va ketma-ket ikkita uchrashuvda qaydnomaga kiritilmadi. Bu vaziyatdan “Barselona” foydalanib qolmoqchi.

Ularning rejasi amalga oshishiga Obameyangning qaysarligi to‘siq bo‘lib turibdi. Haftasiga 200 ming funt olayotgan o‘yinchi maoshining pasayishiga ko‘nmadi.

Endi kataloniyaliklar taxminan shuncha maosh olayotgan Usmon Dembeleni Obameyangga rokiroka qilish variantini qo‘llamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!