“Barsa” Urugvayni o‘z futbolchisini mundialda o‘ynatmaslikka ko‘ndirdi

  • 20.11.2022 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Qatarda jahon chempionati boshlanmoqda. Biroq “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo guruh bahslarida Urugvay terma jamoasiga yordam bermaydigan bo‘ldi.

Arauxo yaqinda jarohat olgandi. Kataloniya klubi terma jamoadagi intensiv mashg‘ulotlarni uning tiklanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda.

Ronald jarohatini operatsiya qildirganidan keyin mundialda qatnashish orzusini ro‘yobga chiqarish uchun bor e’tiborini tezroq oyoqqa turishga qaratdi. Natijada iste’dodli futbolchi terma jamoaning yakuniy ro‘yxatidan joy oldi.

Shunga qaramay, “Barselona” mutasaddilari Urugvay terma jamoasi murabbiylar shtabini 23 yoshli futbolchidan chempionatning guruh bahslarida foydalanmay turishga ko‘ndirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!