“Barsa” qariyb bir asr davomida hech kim qilolmagan ishni uddaladi

  • 18.05.2026 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona”ni La Liganing 97 yillik tarixida hech qaysi jamoa uddalay olmagan natijaga erishdi.

Xans-Diter Flik jamoasi joriy mavsum La Ligada o‘z maydonida o‘tkazgan barcha – 19 ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi. Bunaqasi musobaqa tarixida ilk marotaba ro‘y berdi.

Kataloniyaliklar chempionatning 37-turidan o‘rin olgan “Kamp Nou”dagi oxirgi uchrashuvda “Betis”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Jamoalar Barselona shahridagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida maydonga tushdi. Uchinrashuvni bosh hakam Gilyermo Kuadra Fernandez boshqarib bordi.

Bungacha Ispaniya La Ligasida hech bir jamoaga mavsumni uy uchrashuvlarida ochko yo‘qotmasdan yakunlash nasib qilmagan edi.

2025-2026 yildgi La Liga mavsumida “Barselona” hisobida bitta durang va beshta mag‘lubiyat bor. Ularning barchasi safar o‘yinlarida qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!