“Barsa” Saloh va Sondan yuz o‘girgani sababi oshkor bo‘ldi

  • 4 dekabr, 2024, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozda Angliya Premer-ligasini tark etishi kutilayotgan “Tottenxem” hujumchisi Son Xyon Min va “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni olishga qiziqish bildirgan edi.

Har ikki yulduzning klub bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. “Tottenxem” ham, “Liverpul” ham o‘z etakchisiga hali yangi bitim bergani yo‘q.

Jurnalist Migel Rikoning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Saloh va Sonni olish fikridan qaytgan va ularga taklif yubormaydigan bo‘ldi.

“Barselona” sport direktori Deku yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘iga klubga uzoq yillar davomida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan yosh ijrochilarni olib kelishni mo‘ljallayapti. Shu bois, yoshi o‘ttizdan o‘tgan Muhammad Saloh va Son Xyon Min kabi yulduzlar ularning rejasidan chiqarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!