"Barsa": Shu yulduz aniq bizga keladi!
«Barselona» yozgi transfer oynasi yopilguncha «Al-Hilol» tarkibida to‘p surayotgan himoyachi Joau Kanseluni to‘liq sotib olishga ishonch bilan harakat qilmoqda.
Futbol bo‘yicha ishonchli manbalardan biri hisoblangan insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar hozircha «Al-Hilol» bilan transfer miqdori yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Klublar o‘rtasida yakuniy kelishuv hali imzolanmagan bo‘lsa-da, «Barselona» rahbariyati bitim ijobiy yakunlanishiga ishonayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, portugaliyalik futbolchining o‘zi faqat «Barselona»da qolishni istagani, boshqa takliflarni ko‘rib chiqmayotgani ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Joau Kanselu o‘tgan mavsumda ham kataloniyaliklar safida ijaraga asosida o‘ynagan edi. U «sinegranatlilar» tarkibida 65 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va jamoadoshlariga 9 ta golli pas yo‘lladi.

Fikrlar