“Barsa” tajribali o‘yinchi shartnomasini bekor qilib yubordi

  • 5 sentabr, 22:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rasmiy sayti orqali klub rahbariyati 33 yoshli yarim himoyachi Oriol Romeu bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Kataloniyaliklarning ispan futbolchisi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etishi kerak edi.

Yozgi transferlar davrida Oriol Romeuga boshqa klublardan taklif bo‘lgani yo‘q. Transfer oynasi yopilib, bu o‘yinchini sotib yuborish imkoniyati qolmaganidan keyin klub uni shartnomadan ozod qilishga qaror qildi.

Romea “Barselona” tizimiga 2004 yili qabul qilingan. 2011 yili yarim himoyachi “Chelsi”ga o‘tdi. Keyinchalik “Sautgampton” va “Jirona”da to‘p tepdi.

Oriol Romeu 2023 yili Kataloniyaga qaytib keldi. Shundan so‘ng “Barselona” safida 39 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!