
“Barsa”: Transfer gavdaga yarasha bo‘lsin!
“Barselona” yanvardan “Vulverxempton”dan ijaraga olingan Adama Traoreni o‘z safida qoldirmoqchi. Kataloniyaliklar uni to‘liq sotib olishi uchun 30 million evro topishi kerak.
Ular inglizlarga boshqa variantni taklif qilmoqda. “Barsa” mutsaddilari Traoreni ikki yosh futbolchi Riki Puch va Fransishku Trinkauga alishtirmoqchi.
Trinkau hozir ijara asosida “bo‘rilar” safida to‘p tepmoqda va Angliya premer-ligasida 22 ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurdi. Uning o‘yini “Vulverxempton” murabbiylariga ma’qul kelmoqda.
Riki Puch hozirgi bosh murabbiy Xavining rejalariga kirmaydi va klub yozda undan qutilishi talab etilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, Adama Traore aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va yulduzli tarkibga kira olmagani uchun boshqa klublarga ketishga majbur bo‘lgan.
Fikrlar